-
O‘zbekiston Yengil Atletika Federatsiyasi Raisi boshchiligida 2025 yil davomida o‘tkaziladigan ommaviy yugurish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Idoralararo ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda joriy yil davomida respublika bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy yugurish tadbirlariga, jumladan 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyodagi eng yirik sport tadbirlaridan biri – VII Toshkent xalqaro marafoniga tayyorgarlik holati muhokama qilindi. Xususan, tadbirlar jarayonida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirish, tashkiliy ishlarni hamkorlikda amalga oshirish hamda marafonlarni yuqori saviyada, hech qanday kamchiliklarsiz o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, marafonlarning har bir bosqichida ishtirokchilarning harakat xavfsizligini ta’minlash, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, musobaqalarni adolatli tarzda o‘tkazish hamda sanitariya punktlarini tashkil etish kabi muhim vazifalar yig‘ilishda atroflicha ko‘rib chiqildi. Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladigan navbatdagi marafon 29–30 aprel kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir…
-
Kecha qadimiy Chilpiq qal’asida yangragan musiqa o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi rishtaga aylandi. Qoraqalpog‘iston zaminida ilk bor ochiq osmon ostida – open air formatida – konsert tashkil etildi: pianist Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etdi.
Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin. “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi! — В древней Чилпык-кале сегодня звучала музыка, соединяющая прошлое, настоящее и будущее. Впервые в нашей истории Национальный симфонический оркестр совместно с пианистом Кириллом Рихтером выступили под открытом небом на земле Каракалпакстана. Это уникальное событие — симбиоз симфонической музыки, восточной поэзии и этнических мотивов, культурный мост между Нукусом и…
-
Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman.
Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz. Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik. Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz. _ В преддверии Международного дня образования я с гордостью отмечаю успехи реформ Узбекистана в данной сфере. Мы твёрдо убеждены, что образование — это фундамент процветания, и мы…
-
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi
Bugun O’zbekistonda mahalliy hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikka ko’maklashish markazi ish boshladi. Bu ijtimoiy o’zgarishlarni ilgari surish bo’yicha tarixiy qadamdir. Markaz ijtimoiy masalalarni hal etish hamda O’zbekistonda ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlar tizimlarini rivojlantirish bo’yicha innovatsion sa’y-harakatlar markazi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi, Kolumbiya universiteti, UNICEF va boshqa hamkor tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik natijasi bo’lgan ushbu markaz aholini ijtimoiy muhofaza qilishning dolzarb masalalari bo’yicha ilg’or innovatsiyalarni ta’minlashga xizmat qiladi. «Ushbu markazning tashkil etilishi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va aholining zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning yangi bosqichini anglatadi. Markaz nafaqat bilim va innovatsiyalar manbai, balki ijtimoiy ish xodimlari eng yaxshi amaliyotlar va tajriba almashishlari mumkin bo’lgan joy bo’lib xizmat qiladi»,…
-
8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi «Lochin» bolalar sog’lomlashtirish oromgohida «Yoshlar bunyodkorlari» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi o’tkazilmoqda.
Xalqaro qurultoyda mahalliy va xorijlik yoshlar, xususan, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham qatnashmoqda. Shuningdek, yurtimizning har bir hududidan 56 nafardan iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi boʻlgan hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan o’quvchi, talaba va yoshlar jalb qilindi. Qurultoy doirasida turli tanlovlar, plogging musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, kitobxonlik kuni, milliy va etnosport sport musobaqalari, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, madaniy-ko’ngilochar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Kanalga a’zo bo’ling👇 https://t.me/Qashqadaryo_AOKB
-
“Diyora, butun O‘zbekiston siz bilan faxrlanadi!” — Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Parij—2024 Olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi. “Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi! Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi. Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir! Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva. -52 kg vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda kosovalik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi. Diyora…
-
Bugun (22-may 2024-yil) AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdik.
Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
-
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan. 👉 https://kun.uz/73341049
-
БМТ вакили Ўзбекистоннинг наркотикларга қарши Миллий стратегиясини эътироф этмоқда
🎤 БМТ Бош котиби ёрдамчиси (АҚШ) Александр Зуев: Ўзбекистон Президенти ташаббуси билан ишлаб чиқилган Гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган Миллий стратегия трансчегаравий жиноятчиликка қарши курашишнинг самарали тизимини ишлаб чиқиш ва модернизация қилиш, шу орқали БМТнинг 2030 йилгача Барқарор ривожланиш мақсадларига эришишда муҳим босқич бўлади. Шунингдек, Миллий стратегияда Ўзбекистон келажакда қўшилиши мумкин бўлган истиқболли кўп томонлама халқаро-ҳуқуқий ҳужжатларни белгилашга алоҳида эътибор қаратилган. Албатта, бу мамлакатнинг гиёҳвандликка қарши кураш соҳасида эришилган ижобий салоҳиятини сақлаб қолган ҳолда, Ўзбекистоннинг халқаро майдондаги нуфузини янада мустаҳкамлашга хизмат қилади. Миллий стратегия Ўзбекистон ва БМТ ўртасидаги стратегик ва кўп векторли ҳамкорликнинг навбатдаги энг муҳим босқичи бўлиб хизмат қилади. https://t.me/hudud_inform
-
Shahrisabzda joriy yilning 25-27-aprel kunlari Xalqaro turizm festivali bo‘lib o‘tmoqda
Muazzam Amir Temur xiyoboni mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum. Bugun bu yerda Xalqaro turizm festivali boshlandi. Ma’lumki, Shahrisabz shahri 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turizm poytaxti deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan tashkil etilayotgan festivalda viloyatimizning barcha tumanlari qatorida Shahrisabz tumani ham ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etmoqda. Bu festival vohamiz turizm salohiyatini namoyish etishda muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, o‘zining betakror tabiatiga, purviqor tog‘lariyu, sersuv daryolariga ega Shahrisabz tumanida ham yangi turizm loyihalarining ishga tushishiga, sohada investitsiyalar jalb etishda festivalning ahamiyati katta. Eslatib o‘tamiz, festival doirasida Shahrisabz tumanidaga “Miraki” mahallasiga TURIZM QIShLOGʻI maqomi beriladi.