Dunyo,  Iqtisodiyot,  Mahalliy

Shahrisabzda joriy yilning 25-27-aprel kunlari Xalqaro turizm festivali bo‘lib o‘tmoqda

Muazzam Amir Temur xiyoboni mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum. Bugun bu yerda Xalqaro turizm festivali boshlandi.

Ma’lumki, Shahrisabz shahri 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turizm poytaxti deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan tashkil etilayotgan festivalda viloyatimizning barcha tumanlari qatorida Shahrisabz tumani ham ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etmoqda.

Bu festival vohamiz turizm salohiyatini namoyish etishda muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, o‘zining betakror tabiatiga, purviqor tog‘lariyu, sersuv daryolariga ega Shahrisabz tumanida ham yangi turizm loyihalarining ishga tushishiga, sohada investitsiyalar jalb etishda festivalning ahamiyati katta.

Eslatib o‘tamiz, festival doirasida Shahrisabz tumanidaga “Miraki” mahallasiga TURIZM QIShLOGʻI maqomi beriladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *