Mahalliy,  Tibbiyot

Qozog‘istonning “АНА ҮЙІ” jamoat fondi vakillari Qashqadaryoda!

      

Qozog‘istonning “АНА ҮЙІ” jamoat fondi vakillari viloyatdagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Qarshi mintaqaviy filiali, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi va muassasalardagi xodimlar bilan o‘zaro suhbat qurdi.

      

Shuningdek, Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

      

Unda salomatligi yengil va o‘rta darajadagi bolalarni oila davrasida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilib, bu borada ota-onalarga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Shu asnoda fond vakillari o‘zlarining fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

https://t.me/qvh_axboroti telegram kanalidan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *