Dunyo

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi

Bugun O’zbekistonda mahalliy hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikka ko’maklashish markazi ish boshladi. Bu ijtimoiy o’zgarishlarni ilgari surish bo’yicha tarixiy qadamdir. Markaz ijtimoiy masalalarni hal etish hamda O’zbekistonda ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlar tizimlarini rivojlantirish bo’yicha innovatsion sa’y-harakatlar markazi bo’lib xizmat qiladi.

O’zbekiston aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi, Kolumbiya universiteti, UNICEF va boshqa hamkor tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik natijasi bo’lgan ushbu markaz aholini ijtimoiy muhofaza qilishning dolzarb masalalari bo’yicha ilg’or innovatsiyalarni ta’minlashga xizmat qiladi.

«Ushbu markazning tashkil etilishi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va aholining zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning yangi bosqichini anglatadi. Markaz nafaqat bilim va innovatsiyalar manbai, balki ijtimoiy ish xodimlari eng yaxshi amaliyotlar va tajriba almashishlari mumkin bo’lgan joy bo’lib xizmat qiladi», dedi Shahnoza Mirziyoyeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari

Markaz faoliyati O’zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Uning faoliyati xodimlarning kasbiy rivojlanishiga, samarali dasturlar va metodikalarni yaratishga, mazmunli tadqiqotlar o’tkazishga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

«Oilalar va jamoalar bilan aloqada bo’lgan o’qitilgan ijtimoiy xizmat xodimlari bolalarni himoya qilish uchun juda muhimdir. Bolalarni himoya qilish sohasidagi fidoyi va malakali kadrlar sa’y – harakatlar va resurslarni muvofiqlashtirish hamda adolat va ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash va ta’lim, xavfsizlik va tabiy ofatlar xavfini kamaytirish kabi barcha sohalardagi bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimini ta’minlash uchun zarurdir,»- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio. «Bularning barchasi, o’z navbatida, aholining barcha qatlamlari uchun ijtimoiy adolat va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi,” – deya ta’kidladi u.

Ijtimoiy xizmat xodimlari kambag’allikni kamaytirish, xavflarni aniqlash va boshqarish, shuningdek, bolalar va oilalar farovonligini oshirish uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va ta’minlashni osonlashtirish orqali hamjamiyatlardagi bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlashda Markaziy rol o’ynaydi. Buni ta’minlash uchun Markaz ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlar sohasida ta’lim, tadqiqot va amaliyotni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam ta’lim infratuzilmasini taklif etadi. Markaz Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabining (CSSW) akademik rahbarligi va mentorlik yordamiga tayanadi, Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish bo’yicha yetakchi rolidan foydalanib, zaif aholi va mahalliy hamjamiyatlar farovonligini yaxshilaydigan innovatsion, dalillarga asoslangan sa’y-harakatlarni hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlaydi.

“O’zbekistondagi mahallalarning jamoat tuzilmasidan foydalangan holda, O’zbekiston-Kolumbiya markazi samarali va barqaror ijtimoiy ish amaliyotiga aylanishi mumkin bo’lgan jamoatchilik rahbarligidagi tadbirlarni o’tkazishda peshqadam bo’lishga intilmoqda. Ushbu yondashuv mintaqaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda echimlarni ishlab chiqish uchun mahalliy jamoat tizimlari bilan o’zaro aloqada bo’lish orqali Kolumbiya universitetining global ijtimoiy ta’minotga bo’lgan sadoqatini to’ldiribgina qolmay, balki uni kengaytiradi ham,» – dedi doktor Nabila el – Bassel, universitet professori va Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabining ijtimoiy aralashuv guruhi (SIG) direktori.

Markaz bilim almashish va ilg’or tajribalarni rivojlantirishga, xalqaro aloqalar va hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Hamkor tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ijtimoiy himoya sohasida samarali, dalillarga asoslangan strategiya va dasturlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

«Kolumbiya universiteti professor-o’qituvchilari O’zbekistonning noyob kontekstida innovatsion ijtimoiy tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha hamkorlikda muhim rol o’ynaydi. Markaz, shuningdek, talabalarimizga bebaho xalqaro tajribani taqdim etadi. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik O’zbekistondagi ijtimoiy ish ta’limi va amaliyotini o’zgartiradi va global istiqbollarimizni kengaytiradi,»- dedi Melissa D. Begg, dekan va Kolumbiya ijtimoiy ish maktabi professori.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *