Dunyo

8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi «Lochin» bolalar sog’lomlashtirish oromgohida «Yoshlar bunyodkorlari» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi o’tkazilmoqda.

Xalqaro qurultoyda mahalliy va xorijlik yoshlar, xususan, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham qatnashmoqda. Shuningdek, yurtimizning har bir hududidan 56 nafardan iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi boʻlgan hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan o’quvchi, talaba va yoshlar jalb qilindi. Qurultoy doirasida turli tanlovlar, plogging musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, kitobxonlik kuni, milliy va etnosport sport musobaqalari, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, madaniy-ko’ngilochar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Kanalga a’zo bo’ling👇
https://t.me/Qashqadaryo_AOKB

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *