-
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunida referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshirilishi qayd etilgan.
Bugun O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat hududiy bo‘limi raisi Baxtiyor Botirov hamda Qarshi shahar nogironlar jamiyati raisi Ne’mat Aliqulov O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasida bo‘lib, komissiya raisi Isoq Ahmedov bilan suhbatlashdilar. Suhbat davomida referendumni o‘tkazishga tayyorgarlik, imkoniyati cheklangan shaxslarning referendumda ishtirok etishi, ularning ovoz berishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z bordi. Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyatida 61 ming nafardan ziyod imkoniyati cheklangan fuqaro joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda qatnashishi mumkin.
-
🗳 O‘zbekiston Respublikasi referendumida ovoz berish byulletenining shakli tasdiqlandi
🔹 Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining referendumida ovoz berish byulletenining shakli va tavsifi tasdiqlandi. 🔹 Batafsil: |Oʻzbek (lotin)| 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi ✍️
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda bilim yurti jamoasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar avvalo Bosh qomusimiz — Konstitutsiyaning jamiyat hayotida, mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yangilangan moddalari bo‘yicha keng tushuncha berdilar. Poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar va so‘z ustalarining chiqishlari esa tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi
-
Ўзбекистон референдумини ўтказувчи 13-Қашқадарё округ комиссиясида иш қизғин. Округ комиссия аъзолари халқ депутатлари туман (шаҳар) кенгаши депутатлари томонидан тасдиқланган участка комиссияси аъзолиги учун номзодлар рўйхатини кўриб чиқишмоқда.
Ўзбекистон референдумини ўтказувчи 13-Қашқадарё округ комиссиясида иш қизғин. Округ комиссия аъзолари халқ депутатлари туман (шаҳар) кенгаши депутатлари томонидан тасдиқланган участка комиссияси аъзолиги учун номзодлар рўйхатини кўриб чиқишмоқда. 13-Qashqarayo okrug komissiyasi matbuot xizmati
-
Qarshi shahrida Yoshlar siyosati va Sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsumiga va “O’zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayliga start berildi.
Qarshi shahrida Yoshlar siyosati va Sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsumiga va “O’zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayliga start berildi. Mazkur tadbir davomida, “Konstitutsiya meniki, seniki, o’zimizniki. Konstitutsiya barchamizniki!» shiori ostida konsert dasturi ham bo’lib o’tdi. Info.uz
-
Qashqadaryo viloyatida ham ayni paytda referendum o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va mas’ul kotiblari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham ayni paytda referendum o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va mas’ul kotiblari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Orifjon Bozorov va 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi a’zosi Azamat Xayriddinov Qarshi shahridagi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zolari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar, tinglovchilar bilan muloqot o‘tkazdilar. Muloqotda Konstitutsiyamizga yangidan kiritilayotgan normalar, o‘zgarishlar mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uchastka saylov komissiyalari rahbarlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi, tavsiyalar berildi. Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1002 ta referendum uchastkasi mavjud bo‘lib, mazkur uchastka komissiyalari a’zolaridan 2964 nafari o‘qishga jalb qilindi. O‘quvlar ertaga yakunlanadi. 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi
-
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasining majlisi o‘tkazildi. Uni okrug komissiyasi raisi I.Ahmedov olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasining majlisi o‘tkazildi. Uni okrug komissiyasi raisi I.Ahmedov olib bordi. Majlisda okrug hududida O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Muhokamalar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 2 ta shahar va 14 ta tuman hokimlarining, shuningdek harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, taqdimnomalar asosida Qashqadaryo viloyatida 1002 ta referendum uchastkasini tuzishga qaror qilindi. ✅ Mazkur referendum uchastkalari haqida ma’lumot 13-Qashqadaryo okrugi matbuot markazi
-
#референдум2023 «Конституция меники, сеники, бизники. Конституция ўзимизники!»
Қарши туманидаги «Omad START» корхонаси ҳудудида «Конституция меники, сеники, бизники. Конституция ўзимизники!» шиори остидаги тарғибот тадбири ўтказилди. Тадбирда сўзга чиққанлар янги конституциямизнинг мамлакатимиз ҳаётида тутган ўрни, унга киритилаётган янги қўшимчалар ва ўзгаришлар халқимизнинг турмуш тарзини янада фаровонлашишига, инсон қадрини бунданда юксалишига хизмат қилишини таъкидлаб, 30 апрел куни бўлиб ўтадиган референдумда фаол иштирок этишларига даъват этди. Элимиз севган бир гуруҳ санъаткорларнинг энг сара куй-қўшиқлари воҳадошларимизга олам-олам қувонч улашди.
-
2023 йил 1 майдан бошлаб:
➖оиланинг меҳнатга лаёқатсиз ҳар бир аъзосига боқувчисини йўқотганлик пенсияси пенсияни ҳисоблаб чиқиш учун олинадиган пул таъминотининг (иш ҳақининг) 50 фоизи миқдорида белгиланди. ➖Оила аъзолари (ота-онаси, турмуш ўртоғи, 23 ёшга тўлмаган фарзандлари) даромадлар қайси ойда олинган бўлса, ўша ойда ҳар бир ой учун меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 3 баравари миқдоридаги даромадлар бўйича жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғидан озод этилади. ➖Оилалар белгиланган тартибда тураржойга муҳтож деб тан олинган тақдирда, тураржой билан биринчи навбатдаги тартибда таъминланади. ➖Қонунчиликда белгиланган ҳарбий хизматчиларга (ходимларга) тураржой сотиб олиш (қуриш) учун узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитлари бериш тартибига мувофиқ узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитларини олиш ҳуқуқи сақлаб қолинади. ➖Ҳалок бўлган ҳарбий хизматчининг (ходимнинг) янги никоҳга кирмаган…
-
Президент қарори билан
➖ шаҳарларда ва йирик аҳоли пунктларида 35/0,4 кВ кучланишли трансформаторлардан фойдаланиш кенгайтирилади. ➖Тармоқларни 10 кВ ва 35 кВ кучланишга ўтказиш орқали 6 кВ кучланишли электр тармоқларини босқичма-босқич эксплуатациядан чиқариш ҳамда 0,4 кВ кучланишли электр узатиш тармоқларининг узунлиги қисқартирилади. ➖Шаҳарларда ва йирик аҳоли пунктларида 35 кВ ва 110 кВ кучланишли янгидан қуриладиган подстанциялар ёпиқ турга ўтказилади. Лойиҳа ва Дастур ижроси устидан тизимли назорат ўрнатиш мақсадида Бош прокурор ўринбосари С.Самадов бошчилигида Ишчи гуруҳ тузилади.