Mahalliy

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda bilim yurti jamoasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar avvalo Bosh qomusimiz — Konstitutsiyaning jamiyat hayotida, mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yangilangan moddalari bo‘yicha keng tushuncha berdilar.

Poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar va so‘z ustalarining chiqishlari esa tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *