Mahalliy

Qashqadaryo viloyatida ham ayni paytda referendum o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va mas’ul kotiblari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham ayni paytda referendum o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va mas’ul kotiblari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Orifjon Bozorov va 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi a’zosi Azamat Xayriddinov Qarshi shahridagi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zolari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar, tinglovchilar bilan muloqot o‘tkazdilar.

Muloqotda Konstitutsiyamizga yangidan kiritilayotgan normalar, o‘zgarishlar mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uchastka saylov komissiyalari rahbarlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi, tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1002 ta referendum uchastkasi mavjud bo‘lib, mazkur uchastka komissiyalari a’zolaridan 2964 nafari o‘qishga jalb qilindi. O‘quvlar ertaga yakunlanadi.

13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *