Mahalliy

BESH TASHABBUS OLIMPIADASINING 2-MAVSUMI BO’YICHA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

Viloyat Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Temurbek Poyonov ishtirokida Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi.

Unda T.Poyonov Besh tashabbus olimpiadasining 1-mavsumida erishilgan natijalar, 2-mavsumidagi rejalar xususida axborot berdi. Shuningdek, viloyatda yoshlar siyosati yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, xususan, «Yoshlar daftari», «Yoshlar dasturi» hamda «Yoshlar platformasi» to’g’risidagi amaliy ishlar to’g’risida ma’ruza qildi.

— Besh tashabbus olimpiadasining 1-mavsumida erishilgan natijalarimiz yomon bo’lmadi, — deydi T.Poyonov. — Ikkinchi mavsumda esa yanada yuqori marralarni ko’zlayapmiz. Umuman olganda, biz har bir yo’nalishda yoshlar bilan ishlashga doim tayyormiz.

 

Yakunda T.Poyonov ishtirok etgan jurnalist va blogerlarga «Jadidlar» kitobini sovg’a qildi.

 

@Agentlik_Qashqadaryo  dan

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *