Raqobat muhitini baholash va rivojlantirilishiga ko‘maklashish-davr talabi!
( Qashqadaryo viloyati misolida)
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o‘tgan har qanday davlatda sog‘lom raqobat va adolatli savdo qoidalarini amalga oshirish juda muhim hisoblanib, u bor joyda so‘zsiz mehnat unumdorligi oshiriladi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, innovatsiyalar rivojlanishining ta’minlanishi va eng muhimi, iste’molchilar farovonligiga xizmat qilishi tabiiydir.Sog‘lom raqobat bor joyda narxlarning pasayishi, tovar xizmatlarining sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev islohotlarining joylardagi amaliy ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarning natijalariga qaratilayotgan yig‘ilishlarda Iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishlarda O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib kelinadi.
SHu jumladan, Qashqadaryo viloyatida tovar va moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan 10 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 8 turdagi mahsulotlar, ish va xizmatlar turlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari davlat reestri ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib ular qo‘yidagilar hisoblanadi.
1). 5ta Don korxonalari:- omuxta em mahsuloti ishlab chiqarish va sotish, urug‘lik g‘allani sotish hamda g‘allani quritish va tozalash xizmatlari kirsa,
2). 2ta Koson va Qarshi yog‘-ekstraksiya AJ lar esa o‘simlik yog‘ini qadoqlash ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
3). 1ta “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati esa qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlar etkazib berishni ta’minlash va o‘simliklarni himoya qilish sohasida zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
4). “SHurtangazkimyomajmuasi” MCHJ suyultirilgan gazni tashish uchun vagon sesternalarni ijaraga berish xizmati bilan shug‘ullansa,
5). “Qashqadaryoekspertiza” MCHJ shaklidagi shu’ba xo‘jalik jamiyati esa viloyatga tovarlar kelib, chiqishini sertifikatlash xizmati bilan shug‘ullanayotganliklari bu-so‘zsiz viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga o‘zlarining samarali xissalarini qo‘shib kelayotganliklaridan dalolatdir.
SHu o‘rinda viloyatda raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovarlar va xizmatlar bozorlarida monopollashuv darajasini pasaytirish natijasida 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 5 turdagi tovarlar va xizmat turlari bo‘yicha Reestrdan chiqarildi.
Bundan tashqari “Qashqadaryo Mintaqaviy Paxta terminali” MCHJ ga qarashli 10 ta Paxta tozalash zavodlarini klasterlarga berilganligi sababli reestrdan chiqarildi.
Boshqarma tomonidan o‘tgan yillar mobaynida 24 ta tovarlar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib shunga ko‘ra,
“ Agroservis MTP” MCHJ ning 17 ta filiallarida er haydash bo‘yicha 20,1 foizni, g‘alla o‘rishda 57,7 foizni tashkil etgan bo‘lib , ushbu xizmat ko‘rsatish bozorida klaster va fermer xo‘jaliklarining ulushlari yildan-yilga ortib borayotganligidan kelib chiqib takliflar berildi.
Tumanlarda joylashgan “Agroservis MTP” MCHJ larning tegishli mashina-traktor parklarining jihozlarini modernizatsiya qilish, shuningdek mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan jihozlarning yangi zamonaviy turlarini sotib olish sharti bilan ya’ni investitsiya va ijtimoiy1 majburiyatlar asosida ommaviy savdolar orqali tadbirkorlik sub’ektlariga sotish belgilab olindi.
Bunda “O‘zagroservis” AJ ning tugatilganligi evaziga ushbu tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatishni xususiy klasterlarga va fermer xo‘jaliklariga to‘liq berilishi ta’minlanildi.
SHuning barobarinda Qashqadaryo viloyat “Agrokimyohimoya” AJning o‘tgan yildagi paxta hosilini etishtirish uchun “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan olingan azotli mineral o‘g‘itlarning bor yo‘g‘i 19,5 foizini etkazib bergan bo‘lsa, qolgan 80,5 foizi 9 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida etkazib berilmoqda.Hamda ushbu sohada ham sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta takliflar kiritildi.
Tumanlarda esa “Agrokimyohimoya” unitar korxonalarining tegishli bazalarining faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’ektlari ya’ni klasterlarga sotish belgilandi.
Viloyatda shularga asoslangan holda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar reestriga turgan korxonalarda doimiy monitoring ishlari jadal olib borilmoqda.
Jumladan; Monopol mavqega ega Qashqadaryo viloyat “Agrokimyohimoya”HAJ Qamashi tuman unitar korxonasi tomonidan iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar o‘rganilganida, O‘zbekiston Respublikasining “ Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 10- moddasi bo‘yicha tuzilgan ushbu shartnomada kamsituvchi shartlarning kiritilganligi aniqlanib, shunga ko‘ra mazkur korxonaga nisbatan Qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.SHuningdek, boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 91-sonli Qarori talabiga asosan boshlang‘ich qiymati 530 mlrd.so‘m bo‘lgan 140 ta tanlov ( tender) savdolarida raqobat muhitini ta’minlash maqsadida ishtirok etib, 25 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishi ta’minlanilgan.
SHu bilan birga Tanlov savdolarini o‘tkazilishini masofaviy o‘rganish va monitoring natijalarida 8 ta Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “ Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi talablariga rioya etilmaganlik holatlari aniqlanib, kamchiliklari bartaraf etilishi yuzasidan ogohlantirishlar berilganligi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Masalan: “YAgona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi sohasida Davlat xaridlari samaradorligi natijadorligi bo‘yicha o‘rganish olib borilganida E’lonlar davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtirilmaganligi va tanlov takliflarini yakuniy baholash jadvallari to‘ldirilmaganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Tanlov komissiyasiga faqat buyurtmachi vakillari kiritilganligi, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning taklif etgan narxlari tanlov savdosi boshlang‘ich narxlaridan juda kam miqdorda farq qilishi, raqobatchi bo‘lgan tanlov ishtirokchilarining tijorat takliflari esa Tanlov boshlang‘ich qiymatidan oshiqcha ko‘rsatilgani aniqlanib, boshqarma tomonidan “YAgona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga qonunbuzarlikni to‘xtatishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib tushuntirish ishlari olib borilgan.
SHuningdek, hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalarida Suv ob’ektlarida qurilishi bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlarda ham O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “ Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlarining buzilish holatlari aniqlanib, ushbu xatoliklarga boshqa yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Bulardan tashqari viloyatda Tabiiy monopoliya sub’ektlari Davlat reestri bo‘yicha jami: 5ta tabiiy monopoliya sub’ektlari 4 turdagi xizmatlari bo‘yicha reestrda turadi.
Ushbu ishlar yuzasidan boshqarmaga asosan Kommunal soha masalalari bo‘yicha juda ko‘p murojaatlar kelib tushayotganligi kuzatilib, o‘z navbatida ushbu sohadagi xolatlarni tahlil etishni taqoza etilib o‘rganish va joyida hal etish ishlari olib borilmoqda.
Eng asosiysi boshqarma tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z mahsulotlarini Birja savdolariga qo‘yilishining oylik grafiklari birjaning veb saytiga joylashtirilishi hamda ushbu savdolar kunlik qo‘yilib borilishining nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
Bulardan tashqari hududiy boshqarma huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib , shunga ko‘ra hozirgacha iste’molchilar tomonidan kelib tushgan 956 ta murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda xolis o‘rganib chiqilib iste’molchilar tomonida hal etib berildi. Ushbu ishlarning o‘z o‘rnida bajarilayotganligi viloyatda sog‘lom raqobatning rivojlantirilishida xizmat qilishi tabiiy.
Jurnalist Muhayyobonu Qurbonova