Mahalliy

Men muvaffaqiyatli ayolman

S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 2022 yil 20-aprel kuni, II Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning “Kitobsevar millat” shiori ostida, “Men muvaffaqiyatli ayolman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Kecha, Qashqadaryo viloyatida chop etiladigan “Yurt tarovati” gazetasining bosh muharriri, 20 yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan jurnalist, rahbar ayol Nasiba Ibragimovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Shuningdek ijodiy uchrashuv kechasida, Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan yosh jurnalistlar, “T.I.Q.X.M.M.I.” M.T. Uning Qarshi irrigatsiya agrotexnikalar institutining o‘qituvchi va talabalari hamda Qashqadqryo yuridik texnikumining o‘qituvchi va talabalari ham ishtirok etdilar. Kecha qatnashchilari Nasiba Ibragimovaga o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O‘tkazilgan ushbu kecha ko‘tarinki kayfiyatda barchaga yangicha ruh bag‘ishladi va uchrashuv qahramonining hayotiy tajribalaridan o‘zgacha dars oldilar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *