Iroq Turkiya bilan chegaraga qo‘shinlarini joylashtiradi
Iroq hukumati Iroq Kurdistoni va Turkiya o‘rtasidagi chegara bo‘ylab o‘z chegara qo‘shinlarini joylashtirishga qaror qildi, deb yozadi “Kommersant” mamlakat bosh vaziri matbuot xizmatiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, bunday qadamni Iroq Milliy xavfsizlik kengashi chegarani himoya qilish va “har qanday qonunbuzarliklarga to‘sqinlik qilish” maqsadida qo‘yishga qaror qilgan. Ushbu qaror Iroq Kurdistoni rahbariyati bilan muhokama qilingan-qilinmaganligiga aniqlik kiritilmadi.