Mahalliy

Ayni shu kunlarda Qarshi shahri va tumanlardagi Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zolari ishtirokida referendum va uni o‘tkazish bilan qonunchilik bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari, mazkur komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va boshqa qonunchilik me’yorlari yuzasidan keng tushuncha berilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari bugun yakunlanadi.

Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyatida 1002 ta referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi bo‘lib, ularning a’zolari 11144 nafarni tashkil etadi. Shundan ayollar 4544 nafar. Bundan tashqari, umumiy a’zolarning 80,3 foizi, ya’ni 8946 nafari avvalgi saylovlarda ishtirok etgan, tajribasi yuqori fuqarolardan iborat.

13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi ✍️

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *