Mahalliy

9-iyun kuni Qashqadaryo viloyati O‘zburg‘uneftgaz binosi zalida Davlat aktivlarini boshqarish mas’ullari tomonidan sohaga doir taqdimot o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan E-auksion mobil ilovasi, va undan roʻyxatdan utish, foydalanish to‘g‘risida “Roadshow” (taqdimot) bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davomida mas’ullar tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasida “master-klass” o‘tkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, tadbir davomida namunali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamkor tashkilotlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Shu bilan tadbir mas’ullar ishtirokida Yakkabog‘ tumani hamda Shahrisabz shahrida davom ettirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *