
Ta’lim tizimidagi islohotlar va istiqbollar
Yurtimizda yoshlar imkoniyatini kengaytirish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘qituvchilarning ish reja, konspekt, jurnal kabi o‘quv majmualari qisqartirildi.
Maktab o‘quvchilari uchun kundalik.com tizimi joriy etilib, ularning darsdagi faolligi, baholari ota-onalari doimiy kuzatib borishi uchun onlayn shaklga kiritildi. Hamda o‘quvchilar istalgan darslik, badiiy asarlarini tez va oson topishi uchun ziyo.net, natib.uz saytlari yaratildi.
O‘quvchi yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag’: 46,647 trillion, 2025-yilda esa 59,5 trillion so‘mga yetkazilgan, ya’ni 12,8 trillion so‘mga oshirilgan. Ta’lim sohasi xarajatlari 2024-yilga nisbatan 20% atrofida oshirilgani ta’kidlangan.
Bularning barchasi yoshlarning kelajakda bilimli, yetuk kadr bo‘lib yetishishi uchun qaratilgan e’tibor desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Ismatova Zulxumor
Xayitova Munavvar
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari.

