Mahalliy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTIADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI BUYRUG‘I

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini
attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda 3187-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozirnga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiv boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi (keyingi o‘rinlarda — Nizom)da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman:

  1. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa davlat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) axborot xizmatlari rahbarlari 2021-yil noyabr-dekabr oylarida attestatsiyadan o‘tkazilsin.
  2. Quyidagilar:

Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — respublika attestatsiya komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy attestatsiya komissiyalari) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun namunaviy savollar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Respublika attestatsiya komissiyasi (D.Saidjanov) va hududiy attestatsiya komissiyalari:

attestatsiyani o‘tkazish joyi, muddatlari hamda attestatsiyadan o‘tuvchilarning ro‘yxati bo‘yicha tarkibini belgilasin;

2021-yil 8-noyabrga qadar attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tasdiqlasin;

attestatsiyani o‘tkazish bo‘yic!ha boshqa tashkiliy masalalar ijrosini ta’minlasin.

 

  1. Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi (J.Husanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarma boshliqlari:

2021-yil 11-noyabrga qadar attestatsiyadan o‘tuvchilaming anketalarini shakllantirsin;

attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda attestatsiyadan o‘tuvchilarga xabar bersin;

attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalami amalga oshirsin.

  1. Agentlik direktorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi (A.Akabirov) direktoming tegishli buyruqlari, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun namunaviy savollar, shuningdek, boshqa zarur hujjatlami Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirsin.
  2. AKTni rivojlantirish bo‘limi (M.Mirhosilov) tegishli boshqarma va bo‘limlar bilan birgalikda attestatsiya jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish, videotasvirni Agentlik va hududiy boshqarmalarda uch yil mobaynida saqlash choralarini ko‘rsin.
  3. Buxgalteriya bo‘limi (Sh.Erkaboyev) attestatsiyani o‘tkazish bilan bogiiq xarajatlar, shu jumladan attestatsiyani o‘tkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish, videotasvirni Agentlik va hududiy boshqarmalarda saqlash va boshqa xarajatlar Agentlik hisobidan qoplanishini ta’minlasin.
  4. Kadrlar bo‘limi (R.Yah’yayev), Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi (Q.Djalilov), Buxgalteriya bo‘limi (Sh.Erkaboyev) mazkur buyruqning 2-ilovasiga muvofiq hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tk.azish komissiyasi a’zolarining xizmat safarlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin va xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik hisobidan koplanishini ta’minlasin.
  5. Umumiy boiim (S.Hasanov) mazkur buyruq nusxalarini Agentlikning mas’ul boshqarma va bo‘limlariga hamda hududiy boshqarmalarga yetkazilishini ta’minlasin.
  6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

Direktor

A. Xodjayev

 

 

Agentjjkniqg 2021-yil “ 4 ” noyabrdagi son buyrug ‘iga 1-ilova

Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o tkazish komissiyasi

tarkibi

Familiyasii, ismi, sharifi Lavozimi
1. Saidjanov

Dilshod Madrahimovich

Agentlik direktorining birinchi o’rinbosari, komissiya raisi
2. Husanov

Jasur Ruhiddinovich

Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari
3. Axmatov

Shuhrat Mahmudovich

Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i, komissiya a’zosi
4. Parpiyev

Ma’murjon Maxmudovich

Mass-mediani rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, komissiya a’zosi
5. Saidov

Axror A’zamovich

Axborot tahlil ta’ minoti boshqarmasi boshlig‘i, komissiya a’zosi
6. Muhiddiriov

Fathiddin Fazliddinovich

Hududiy boshqarmalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, komissiya a’zosi
7. Aslanova

Sadoqat Farxodovna

Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, komissiya a’zosi
8. To‘xtarov Xurshid Ismatullayevich Xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig’i, komissiya kotibi
 

Hududiy davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini
attestatsiyadan o‘tkazish komissiyalari tarkibi

Familiyasi, ismi, sharifi                                                 Lavozimi

Qoraqalpogiston Respublikasi axborot va ommaviy kommunikasiyalar

boshqarmasi

Bekmuratov
Azamat Maksetbaevich

Djangirov

Djurabek Karshiyevich

Boshqarma boshlig‘i, komissiya raisi

Agentlikning Xo‘jalik boshqaruvi
organlari axborot xizmatlari faoliyatini
tashkil qilish va muvofiqlashtirish
bo‘limi etakchi mutaxassisi,
komissiya a’zosi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi matbuot kotibi,
komissiya a’zosi

0‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududiy bo‘limi rahbari,
komissiya a’zosi

Boshqarma bosh mutaxassisi,
komissiya kotibi

2.
Ajimuratov

Azamat Lepesbayevich
Reymov

Kengesboy Begdullayevich

3.
Yerejepov

Batir Abdireymovich

Qashqadaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

Nusurov

Usman Nusratovich

Boshqarma boshlig’i, komissiya raisi
2. Soliyev Agentlikning Davlat boshqaruvi
  Doniyor Faxriddinovich organlari axborot xizmatlari faoliyatini
                                                                       tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi

yetakchi mutaxassisi, komissiya a’zosi

 

3. Sodiqov Viloyat hokimi matbuot kotibi,
  Axror Kamolovich komissiya a’zosi
4. Tuychiyev Viloyat teleradiokompaniyasi
  Jaxongir Tuychiyevich direktori, komissiya a’zosi
5. Raxmanov Boshqarma bosh mutaxassisi,
  Charshanbi Xaydarovich komissiya kotibi
 

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati
rahbari uchun taxrniniy attestatsiya savollar

Sohaga oid aonunchilik bo‘vicha

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering?
  2. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
  3. Chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari va vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilangan?
  4. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
  5. Axborot erkinligi tushunchasiga ta’rif bering?
  6. Axborot xavfsizligi nima? Uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati qanday amalga oshiriladi?
  7. Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olish tartibi qanday?
  8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.” deb belgilangan.
  9. OAVda tuhmat va haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
  10. O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi vakolatli organ haqida nimalami bilasiz?
  11. Kimlar axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqiga ega?
  12. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligi qanday mezonlar asosida baholanadi?
  13. Axborot xizmati rahbari faoliyatini baholash bo‘yicha mezonda matbuot anjumani va brifinglarda tashkilotning birinchi rahbari ishtirok etishi inobatga olinadimi? Bu nima uchun kerak, deb o‘ylaysiz?
  14. Ommaviy axborot vositalarining qanday turlari mavjud?
  15. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun haqida nimalami bilasiz?
  16. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarga nimalar kiradi?
  17. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
  18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalariga nimalar kiradi?
  19. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullarini aytib bering.
  20. Ommaviy axborot vositalari faoliyati qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
  21. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish tartibini aytib bering.

22.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi axborot xizmati faoliyati bilan bog‘liqmi? Batafsil tushuntirib bering.

  1. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish va uni obro‘sizlantirish deganda nima tushuniladi?
  2. Vazirlik va idoralaming Ochiq hay’at yig‘ ilishlarida ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirok etishi mumkinmi? Mumkin bolsa bu qaysi hujjatda keltirilgan?
  3. “Davlat sirlari” bilan ishlash tajribasiga egamisiz? Bunda qanday tartib bor?
  4. “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili qaysi sanaga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanagacha uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan?
  5. Qaysi hujjatlarda yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan?

Axborot xizmati faolivatiga aloqador mavzular bo ‘vicha

  1. Press-reliz nima? Press-reliz tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak? Press-relizning qanday turlari mavjud?
  2. Anons, press-reliz, press-kit va ma’lumotnomalami tarqatishning yana qanday ilg‘or usullari mavjud?
  3. Press-tadbirlarda intervyu beruvchilar bilan qanday ishlanadi?
  4. Matbuot anjumani va brifingning o‘zaro farqi nimada?
  5. Qanday maqsadlarda press-klippingdan foydalaniladi?
  6. Muddatli rejalashtirish tushunchasi va turlari haqida nimalami bilasiz?
  7. Axborot xizmati uchun PR-strategiya ishlab chiqishning qanday ahamiyati va bosqichlarini bilasiz?
  8. Mediakit tushunchasiga ta‘rif bering.
  9. Jamoatchilik bilan aloqalar deganda nimani tushunasiz?
  10. Press-pul tashkil etish va uning tarkibini shakllantirish tartibi qanday?
  11. Jamoatchilik bilan aloqalar sohasida inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish uchun qanday PR-instrumentlar bor? Ulami bir nechtasini sanab, tushuntirib bering.
  12. Korporativ imij qanday shakllantiriladi? Tashkilot imijini yaratishda Axborot xizmatining ishtiroki qanday?
  13. Verbal va noverbal muloqot deganda nima tushuniladi?
  14. Inqirozli kommunikasiya nima?
  15. Inqiroz paytida rioya qilinadigan 10 ta oddiy qoidani bilasizmi? Inqirozli holatlami modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
  16. Matbuot kotibining huquq va majburiyatlari nimadan iborat?
  17. Bloger va jumalist tushunchasiga normativ-huquqiy hujjatlarda qanday ta‘rif berilgan?
  18. Ommaviy axborot vositasi vakili yoki bloger tomonidan davlat boshqaruvi organi rahbarining intervyu berishini so‘rab yo‘llagan og‘zaki murojaati qancha muddatda ko‘rib qchiladi?
  19. Normativ-huququy hujjatlarda tashkilot veb-saytini yuritishda axborot xizmatiga qanday talablar belgilangan?
  20. Fakt-cheking nima? Axborot xizmati faoliyatida fakt-cheking nima maqsadda qo‘llaniladi?
  21. Akkreditatsiyaning qanday turlari mavjud? OAVning akkreditatsiya qilingan vakiillari qanday huquqlarga ega?
  22. Chellenj nima, tashkilotingiz tomonida qanday chellenjlar e’lon qilingan? Targ‘ibotni ommalashtirishning yana qanday usullarini bilasiz?
  23. Kopirayting nima?
  24. Matn va vizual matnning o‘zaro farqini tushuntirib bering.
  25. Moderator vazifalari nimalardan iborat?
  26. Press-tur qachon tashkil qilinadi? Unda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
  27. Raddiya bilan munosabat tushuchasining farqli jihatlari va ulami qo‘llash tartibi haqida nimalami bilasiz?
  28. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tanqidiy materialga qancha vaqtda dastlabki rasmiy munosabat bildirilishi talab etiladi?
  29. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmati qanday vazifani bajaradi?
  30. Tashldlotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verefikasiya qilish qanday amalga oshiriladi?
  31. “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qanday yo‘lga qo‘yiladi?
  32. Kontent tahlil nima? Uning ahamiyatini tushuntiring?
  33. Tashkilot nomidan ijtimoiy tarmoq va mobil messenjerlarda ochilgan feyk sahifa va kanallar aniqlanganda qanday yo‘l tutasiz?
  34. Barcha vazirlik va idoralarda Ichki audit va Komplaens nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. Belgilangan tartibga ko‘ra, ular qancha muddatda o‘z faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari uchun brifing yoki matbuot anjumani tashkil qilishi kerak?
  35. Maqsadli auditoriya bilan interaktivlikning samaradorligini qanday oshirish mumkin?

Amalsa oshirilgan ishlar hisoboti

  1. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda matbuot tadbirlaringiz o‘tayotgan paytda onlayn efirlar amalga oshirilganmi?
  2. Muayyan axborot voqeligi munosabati bilan matbuot kotibi maqomida rasmiy videobayonot berganmisiz?
  3. Sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlaming qabul qilinishi jarayonida tashkilot rahbariyati ishtirokida videosharhlar tayyorlaganmisiz?
  4. Sohaga oid muammolami birinchi manba sifatida yoritganmisiz?
  5. Lavozimga tayinlangan davringizdan attestatsiya davriga qadar amalga oshirgan ishlaringiz haqida (hisobot, erishilgan natijalar, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar holati, o‘tkazilgan media-tadbirlar, berilgan bayonotlar va boshqalar) gapirib bering.
  6. Lavozimga tayinlangan davringizdan buy on rahbariyatingiz tomonidan ya’na qanaqa qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan?
  7. Shaxsan o‘zingizning tashabbusingiz bilan sohaga oid materiallami xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilganmisiz?
  8. Tashkilotning faoliyatiga doir ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan (tanqidiy mazmundagi) materiallarga munosabat bildirishni tashkil etish to‘g‘risida qanday hujjat ishlab chiqilgan?
  9. Xalqaro media makonda O‘zbekiston imijini yanada yaxshilash uchun qanday takliflami berasiz va o‘zingiz Axborot xizmati rahbari sifatida bu borada nimalami amalga oshira olasiz?
  10. Jumalistlar “pul”ini tashkil etganmisiz?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *