Dunyo

Kecha qadimiy Chilpiq qal’asida yangragan musiqa o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi rishtaga aylandi. Qoraqalpog‘iston zaminida ilk bor ochiq osmon ostida – open air formatida – konsert tashkil etildi: pianist Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etdi.

Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin.

“The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi!


В древней Чилпык-кале сегодня звучала музыка, соединяющая прошлое, настоящее и будущее.
Впервые в нашей истории Национальный симфонический оркестр совместно с пианистом Кириллом Рихтером выступили под открытом небом на земле Каракалпакстана.

Это уникальное событие — симбиоз симфонической музыки, восточной поэзии и этнических мотивов, культурный мост между Нукусом и мировой музыкальной сценой.

Концерт The Sands of Time — идея, вдохновлённая творчеством великих поэтов Востока — Бобура, Навои, Хайяма, Нодиры. Прикосновение к вечному и создание нового. Идея, которая восхищает мир!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *