Mahalliy

Bugun O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari Botir Omonturdiyev, O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat hududiy bo‘limi raisi Baxtiyor Botirov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasiga tashrif buyurdilar.

Komissiya raisi Isoq Ahmedov bilan suhbat davomida noginonligi bo‘lgan fuqarolarning referendumda ishtirok etishi, ularning ovoz berishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z bordi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga doir normalar qaysi moddalarda aks etganligi xususida fikr yuritildi.

Shuningdek, muloqotda referendumni o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham faoliyat olib borayotgani, ular 388 nafar (3,5 foiz) ekanligi alohida e’tirof etildi.

 

13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi✍️

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *