
Ijtimoiy tarmoqqa asr bo‘lganlar:
Bugungi raqamli asrda internet va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas bir qismiga aylandi. Facebook, Instagram, TikTok, Telegram kabi platformalar orqali odamlar fikr almashadi, yangiliklardan xabardor bo‘ladi, do‘stlari bilan muloqot qiladi. Ammo bu qulayliklar ortida ko‘pchilik sezmaydigan katta bir xavf bor: ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolish – ya’ni raqamli “asorat” yoki virtual “asorat”.
1. Ijtimoiy tarmoq – qulaylikmi yoki qaramlikmi?
Avvaliga kuniga bir necha daqiqa kiriladigan platformalar asta-sekin soatlab vaqtni yutuvchi va diqqatni chalg‘ituvchi “changal”ga aylanadi. Ko‘pchilik telefonsiz bir necha daqiqa ham tura olmaydi, har bir bildirishnoma odamni bexosdan telefon tomon tortadi.
2. Ruhiy va ijtimoiy oqibatlar.
Ijtimoiy tarmoqqa haddan tashqari bog‘lanish inson ruhiyatida salbiy iz qoldiradi:
Depressiya va yolg‘izlik hissi;
Boshqalarning ideal hayoti bilan solishtirib o‘zidan norozilik;
Oila va do‘stlar bilan muloqot kamayishi.
Virtual dunyo shunchalik kuchli ta’sir qiladiki, hatto inson real hayotni ikkinchi o‘ringa qo‘yadi.
3. Yechim nima?
Texnologiyadan voz kechish emas, balki ongli foydalanish muhim:
Ijtimoiy tarmoqda kuniga ma’lum vaqtgacha bo‘lish;
Real muloqotni ko‘paytirish;
«Digital detox» – ya’ni ma’lum kunlar tarmoqlardan voz kechish.
Yoshlarni bu illatdan asrash uchun ta’lim muassasalarida digital madaniyat darslari joriy etilishi lozim
Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizni osonlashtirishi mumkin, lekin ular bizni asr etmasligi kerak. Yodingizda bo‘lsin: ijtimoiy tarmoqlar sizga emas, siz ularga egalik qilishingiz kerak! Yaxshi niyat bilan yaratilgan texnologiyani ongli ishlatish – insoniy qadriyatlarni asrashning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
Hasanova Dilnoza
Musulmonova Laylo
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari
