Live. Bugun Qashqadaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press-turda jurnalist va blogerlar Kasbi tumanidagi «Shirinov Rashid Rahimovich» biolaboratoriyasiga tashrif buyurishdi.
Qashqadaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press-turda jurnalist va blogerlar dastlab biomahsulot yetishtirish jarayonlari bilan tanishish uchun Kasbi tumanida bo‘lishdi. Aytish joizki, viloyatimiz bo‘yicha jami 70 ta biolaboratoriya bo‘lsa shundan vohadagi eng gigant 11 ta biolaboratoriya aynan Kasbi tumanida joylashgan. Dastlab press tur ishtirokchilari tumandagi «Indorama agro» xorijiy agroklasterining biolaboratoriyasida biomahsulotlarni ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich kuzatishdi. Keyingi manzil tumandagi «Shirinov Rashid Rahimovich» biolaboratoriyasi bo‘ldi.
Ushbu biolaboratoriyada yetishtirilayotgan biomahsulotlarni tayyorlash jarayoni, shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Biomahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib dalaga qo‘yish jarayonigacha bo‘lgan bosqichlar dala sharoitida ko‘rsatildi.
Kunning ikkinchi yarmida jurnalist va blogerlar Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida bo‘lib, mobil biolaboratoriyasi, uning imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Media-tur yakunida boshqarma rahbariyati tomonidan OAV xodimlari yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan tabriklandi va esdalik sovg‘alari tarqatildi.