Mahalliy

Qashqadaryoda maʼrifiy uchrashuv.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qashqadaryo hududiy filiallari xodimlari ishtirokida «Insonga eʼtibor, uning maʼnaviy qadriyatlari va huquqlarini taʼminlash muqaddas burch» mavzusida maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Agentlik direktorining Matbuot kotibi Abdurauf Rasulov, Qashqadaryo viloyati AOKB rahbari hamda jurnalist — yozuvchi Usmon Nusurov va maʼnaviyat targʻibotchisi, Inson huquqlari boʻyicha Ombudsman mintaqaviy vakili Lola Saodatovalar, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalaridagi yangiliklar, yurtimizda inson va uning manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan ishlar, yoshlarni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, insonning huquq va burchlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan soʻzga chiqdilar.
Jurnalist — yozuvchi Usmon Nusurovning qalamiga mansub kitob taqdimoti tadbirga yakun yasadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *