Mahalliy

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunida referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshirilishi qayd etilgan.

Bugun O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat hududiy bo‘limi raisi Baxtiyor Botirov hamda Qarshi shahar nogironlar jamiyati raisi Ne’mat Aliqulov O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasida bo‘lib, komissiya raisi Isoq Ahmedov bilan suhbatlashdilar.

Suhbat davomida referendumni o‘tkazishga tayyorgarlik, imkoniyati cheklangan shaxslarning referendumda ishtirok etishi, ularning ovoz berishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z bordi.

Ma’lumot o‘rnida: Qashqadaryo viloyatida 61 ming nafardan ziyod imkoniyati cheklangan fuqaro joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda qatnashishi mumkin.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *