Mahalliy

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasining majlisi o‘tkazildi. Uni okrug komissiyasi raisi I.Ahmedov olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasining majlisi o‘tkazildi. Uni okrug komissiyasi raisi I.Ahmedov olib bordi.

Majlisda okrug hududida O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Muhokamalar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 2 ta shahar va 14 ta tuman hokimlarining, shuningdek harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, taqdimnomalar asosida Qashqadaryo viloyatida 1002 ta referendum uchastkasini tuzishga qaror qilindi.

Mazkur referendum uchastkalari haqida ma’lumot

13-Qashqadaryo okrugi matbuot markazi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *