O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI BUYRUG’I
2021 yil “_8__” noyabr ____31___-son
Qarshi shahri
Agentlikning 2021 yil 4 noyabrdagi 256-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 4 noyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi 256-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Yu R A M A N :
- Agentlikning 2021 yil 4 noyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi 256-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- Viloyat davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari aaagentlik buyrug’iga asosan attestatsiyadan o’tkazilsin.
- Attestatsiyadan o’tuvchi viloyat davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlari ro’yxati shakllantirilsin va tasdiqlansin;
- Attestatsiyaning na’munaviy savolnomasi attestatsiyadan o’tuvchi axborot xizmati rahbarlariga tegishli tartibda yetkazilsin va boshqarma rasmiy veb-saytida joylashtirilsin;
- Attestatsiyadan o’tuvchilarning anketalari shakllantirilsin;
- Buyruq ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Boshqarma boshlig’i: U.Nusurov