Mahalliy

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qarshi tumani hokimi tumandagi mahallalarning о‘sish nuqtalari, hokim yordamchilari faoliyati va ular tomonidan amalga oshirib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani о‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Bexzodjon Yusupov, tuman hokimining birinchi о‘rinbosari Nurbek Turdiyev, markaz boshlig‘i Nuriddin Qо‘ldoshev va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi Bexzodjon Yusupov sо‘zga chiqib, Prezidentning 29-son Farmoni, 31-son va 62-son qarorlari bilan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bо‘yicha hokim yordamchilari lavozimi joriy etilishi bugungi kunda aholi farovonligini yanada oshirishda ulkan ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirokchilarga Qarshi tumanida amalga oshirilayotgan Qarshi tumanida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida mahallabay ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlar  tо‘g‘risida axborot berildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *